Bir yilgina oldin uni heç kim tanimasdi. Murabbiylarning u haqidagi başoratlari skautlarning odatiy ayyorliklariga öxşar, top-klublarning közi esa, janubda, yangi Ronaldular va Neymarlarni izlaş bilan ovora edi. Ana endi, Kşiştof Pyontek, bu nomni endi faqat fentezida arzon hujumçi qidirganlar emas, hamma biladi. Uni avvaliga Robert Levandovskiga öxşatişdi, «Milan»ga ötib, ketma-ket gol urişda davom etgaç esa köproq Andrey Şevçenkoga qiyoslaşmoqda. Qahramonimizning bu gaplar bilan endi işi yöq, u yaqin yillar uçun öz klubini topib olgandek, maydonda Balotellining rekordini takrorlab, buni Suares uslubida nişonlamoqda. Keling, mana şu abzatsdagi siz uçun eng notaniş, ammo eng qiziqarli nom - Kşiştof Pyontek haqida gaplaşamiz.

Kim özi u?

Kşiştof 1995 yilning iyulida Polşaning janubi-ğarbidagi kiçkinagina Dzerjonyuv şaharçasida dunyoga keldi. Bunday joylardan futbolçi böliş, tabiiyki, juda qiyin yöllardan ötişni taqazo etar, Kşiştof ham bu hayotni öz boşidan keçirgandi. U «Lexiya»dagi maşğulotlarga ulguriş uçun juda barvaqt turişga majbur bölar, stadiongaça 15 kilometr yöl bosiş kerak edi.

«Doim qaçonki, dangasaligim tutganida, otamning baquvvat qöllari meni qözğatar, uning muvaffaqiyatga erişiş faqat oğir mehnat orqali bölişi haqidagi sözlari menga kuç berardi», - deb eslaydi Kşiştof.

2013 yilda, 18 yoşli Pyontek «Zaglembe» klubi bilan şartnoma imzoladi. Klub siyosati kamtarona jamoalarga xos edi - tarkibda doimiy ravişda yoş futbolçilarga joy topilar, şu orqali klub ham moliyaviy tomondan iqtisod qilardi, ham yoşlarga xaridorlar çiqib, omadli transferlarga yöl oçilardi. Dastlab, Pyontek jamoadoşlariga raqobatda boy bera boşladi va ğolib çiqiş uçun öz ustida köproq işlaşi kerakligini tuşunib yetdi. Nozikkina yigitça muntazam ravişda trenajyor zallariga qatnay boşladi, kerakli vaznga ham ega böldi va endi uni töpdan uzoqlaştiriş oson emas, ba'zida Pyontekning özi raqib himoyasiga bosim ötkazadigan böldi.

Hujumçining ilk mavsumi «Zaglembe»ga omadsiz keldi, jamoa ikkinçi divizionga tuşib ketdi. Ammo muvaffaqiyatsizlikka qaramasdan, Kşiştof jamoada qoldi va kelasi mavsumda özining 8 goli bilan «Zaglembe»ning yana yuqoriga qaytişiga hissa qöşdi. 2016/17 yilgi mavsum oldidan esa, unga Polşaning eng qöhna jamoasi - «Krakoviya»dan taklif tuşdi. U yerda Pyontekning ikki mavsumdagi 32 goli Ğarbiy Yevropa klublarining uşbu futbolçiga qiziqiş bildirişlari uçun yetarli böldi.

«Krakoviya»ning öşa paytdagi boş murabbiyi Mixal Probej Pyontek öyinining takomillaşişida juda muhim rol öynagan.