Germaniya hududida Amerika yadro quroli bölmasligi kerak, dedi Germaniya sotsial-demokratik partiyasi vakillari. Bu haqda The Wall Street Journal xabar bermoqda.
GSDP AQŞning Örta va kiçik masofalarga möljallangan raketalarni yöq qiliş töğrisidagi şartnomadan çiqişi munosabati bilan öz qaraşlarini qayta körib çiqadi, deya ma'lum qilgan partiya vakillari.
Ekspertlarning taxminiça, AQŞ Yevropa hududida 180taga yaqin B61 yadroviy bombalarini joylaştirgan bölib, ulardan 20tasi Germaniyada, qolganlari Belgiya, Italiya, Niderlandiya va Turkiyada joylaşgan.
«Yadroviy iştirok, albatta biz yadro qurolini saqlaşimiz kerak degani emas», — dedi GSDPning Bundestagdagi deputati Rolf Myutsenix.
Uning fikriça, Germaniya Kanadadan örnak olişi mumkin – NATO a'zosi bölgan bu davlat hududida Amerika yadro quroli joylaştirilmagan.
The Wall Street Journal’ning qayd etişiça, Germaniyada Amerika yadro quroli borasidagi munozaralar ilk bor XX asr 80-yillarida paydo bölgan.












