Özbekiston Respublikasi birinçi Prezidentining nabirasi, ayni paytda Londonda istiqomat qilayotgan Islom Karimov özining Instagram'dagi sahifasida Şavkat Mirziyoyevga murojaat qilib, unga iltimosnoma yöllagani haqidagi xabarlar OAVda tez tarqaldi. 

«Tuşunarsiz sabablarga köra, onamga insonga xos bölmagan bosim bölyapti va uning oldiga şifokorlar qöyilmayapti»,  – degan kiçik Karimov.

Boş prokuratura matbuot kotibi esa Gulnora Karimovaga nisbatan bosim mavjud emasligini bildirdi. Kiçik Karimovni nima taşvişda «şovqin» kötardi? Bu holatni yaxşi anglaş uçun voqealar ketma-ketligiga birrov nazar taşlaş lozim. 

Kiçik Karimov Buyuk Britaniyadan siyosiy boşpana söradi

2015 yilning avgustida qator moliyaviy jinoyatlarda aybdor deb topilgan va 5 yilga şartli ravişda ozodlikdan mahrum etilgan Gulnora Karimovaning öğli Islom 2018 yil boşida Buyuk Britaniya hukumatidan siyosiy boşpana söragani ma'lum böldi.  

«Ha, yuridik protseduralar va hujjatlar tayyor bölişi bilanoq bu yil boşpana sörayman. Onamga boğliq yirik özgariş yuz berdi», — deb ta'kidlagandi kiçik Karimov Bi-bi-si muxbiri bilan suhbatda.

Uning aytişiça, Gulnora Karimova öğli Britaniyada ta'lim olayotgan paytidayoq uning yaşaşi uçun mablağ qoldirib ketgan. 

«Şu pulga yaşaşim közda tutilgan. Ha, menda onamning favqulodda holatlar uçun saqlab qöyilgan pullari bor», — deb aytgandi u.

Gulnoraning advokati yutqazdi

Gulnora Karimova tomonidan 800 million Şveytsariya frankining (810 million dollar) 700 million dollarga yaqin qismi musodara etilişi yuzasidan kiritilgan ariza jinoiy işlar böyiça Şveytsariya federal sudi tomonidan rad etildi. OAV ma'lumotiga köra, hukm 31 iyul kuni çiqarilgan.