Saudiya Arabistoni şahzodasi Muhammad bin Salmon «Mançester Yunayted» klubini sotib olişga qiziqmoqda.

The Sun xabariga köra, taxt vorisi ingliz klubini qölga kiritiş uçun 3,8 milliard funt sarflaşga tayyor.

Bin Salmon yangi mavsum boşlangunga qadar «Mançester Yunayted» xöjayini bölib olmoqçi. Agar bitim amalga oşsa, klubning amerikalik egalari – Gleyzerlar oilasi 2,2 milliard funt miqdorida sof foyda olişlari mumkin böladi.

Avvalgi yillarda Gleyzerlar «Mançester Yunayted»ni sotiş haqidagi bir neça takliflarni rad qilib kelişgan edi.