Moskvaning Basmanniy sudi AQŞ fuqarosi, Baring Vostok investitsion kompaniyasi asosçisi Maykl Kalvini hibsga olişga sanksiya berdi. Bu haqda Moskva şahar sudi matbuot xizmati xabar qildi.
Xabarda aytilişiça, u şu yilning 13 apreliga qadar ehtiyot çorasi sifatida hibsda saqlanadi.
Tergov talqiniga köra, Kalviga tegişli bölgan «Pervoye kollektorskoye byuro» kompaniyasi «Vostoçniy» bankidan 2,5 mlrd rubl kredit olgan va kreditni 2017 yil fevralda boşqa kompaniyaning 3 mlrd rubl deb baholangan aksiyalari bilan qaytargan. Ammo tergov aksiya narxi öta yuqori körsatilgan deb hisoblamoqda: tergov xulosasiga köra, qimmatli qoğozlar topşirilayotgan paytda ularning qiymati 600 ming rublga teng bölgan.
Avvalroq, 14 fevral kuni Kalvi işi bilan aloqadorlikda gumon qilingan «PKB» boş direktori Maksim Vladimirov, Fransiya fuqarosi Filipp Delpal, «Norvik Bank» OAJ boşqaruvi raisi maslahatçisi Aleksey Kordiçev, Baring Vostok fondi hamkori Vagan Abgaryan va investitsiya direktori Ivan Zyuzin hibsga olingandi.
Ularning barçasiga öta yirik miqdorda tovlamaçilik qiliş aybi qöyilgan.
Baring Vostok — Rossiya va MDH davlatlariga mablağ kiritiş bilan şuğullanuvçi investitsion kompaniya. Kompaniya 1994 yildan buyon FGI Wireless («VimpelKom»), «STS Media», «Avito», Tinkoff Bank, «VkusVill», «Papa Djons», «A5» aptekalar tarmoği, Yevropa tibbiyot markazi, «Yandeks» kabi kompaniyalarga investitsiya kiritgan.












