Sport | 15:26 / 17.02.2019
9053
2 daqiqa o‘qiladi

«MYu» Lukakuni sotib, o‘rniga Dibala yoki Ikardini olishi mumkin

«Manchester Yunayted» o‘z hujumchisi Romelu Lukakuni yozgi transferlar vaqtida sotishni rejalashtirgan. Bu haqda Mirror nashri xabar bermoqda.

«Qizil iblislar» Lukakuning sotuvidan tushgan pullarni yangi hujumchi uchun sarflashni rejalashtirgan. Manba ma'lumotiga ko‘ra, klub Mauro Ikardi («Inter») yoki Paulo Dibalani («Yuventus») tarkibga qo‘shib olish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Bundan tashqari, manchesterliklar «Benfika»ning yosh hujumchisi Joau Felishni o‘z tarkibiga qo‘shib olishni rejalashtirishgan.

Qayd etish kerakki, Dibala ham, Ikardi ham o‘z klubi rahbariyati bilan muammolarga ega. «Inter»ning argentinalik hujumchisi oxirgi ziddiyatlar tufayli sardorlik bog‘ichidan mahrum etildi va asosiy tarkibdan tushib qoldi, «Yuventus»ning argentinalik futbolchisi esa bosh murabbiy Massimiliano Allegri bilan ziddiyat tufayli asosiy tarkibda kam tushirilmoqda.

Ayni vaqtda 25 yoshda bo‘lgan Romelu «Yunayted»ga 2017 yilning iyulida 75 mln funt (85,6 mln yevro atrofida) «Everton» safidan kelib qo‘shilgandi. U joriy mavsumda Angliya Premer-ligasida 23 o‘yinda maydonga tushib, 8 gol urishga erishdi.

«Manchester Yunayted» ayni vaqtda Angliya chempionatining 26-turidan keyin 51 ochko to‘plagan holda turnir jadvalining to‘rtinchi o‘rnida joylashgan.

Ertaga, 18 fevral kuni «MYu» Angliya Kubogining 1/8 finali doirasida Londonning «Chelsi» klubi mehmoni bo‘ladi.

Mavzuga oid