Dayr-az-Zor viloyatida IŞID terrorçi guruhi tarkibida jang qilayotgan xorijlik yollanma jangarilar kurd bölinmalariga taslim bölişdan boş tortdi. Bu haqda “Demokratik Suriya kuçlari” koalitsiyasi qömondonligi vakili Jiya Furatga asoslanib Firat agentligi xabar berdi. 

Uning sözlariga köra, terrorçilarning kiçik guruhi Iroq bilan çegaradagi Al-Bağuz aholi maskani şimolida 600-700 kvadrat metr hududni nazorat qilib turibdi.

“Ularning qölida tinç aholi asirlikda bölişi mumkin. Şu bois jangçilarimiz bu odamlar jabrlanmasligi uçun ehtiyotkorlik bilan harakat qilişmoqda”, degan kurdlar qömondoni.

Avvalroq “Demokratik Suriya kuçlari” AQŞ harbiylari kömagida Al-Bağuz aholi maskanini qölga kiritgani xabar qilingandi. Al Hadath telekanalining bildirişiça, u yerda bölgan 600ga yaqin jangari taslim bölgan.