Milliy xokkey ligasidagi «Vaşington Kepitals» klubining rossiyalik hujumçisi Aleksandr Oveçkin Stenli kubogidagi ğalabaga bağişlab AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan bölib ötadigan uçraşuvda Trampdan nima haqida söraşini aytdi. Uning sözlarini «Sport-Ekspress» keltirmoqda.
Oveçkin Tramp bilan uçraşuvga albatta borişini aytgan. Xokkeyçining sözlariga köra, u Trampdan AQŞ va Rossiya örtasidagi munosabatlar qaçon yaxşilanişini söramoqçi.
Oveçkinning qayd etişiça, u siyosatdan uzoqda.
«Siyosat bu alohida suhbat. Men uçun eng asosiysi, hamma soğ-salomat va dunyoda tinçlik bölişidir», — degan hujumçi.
Oveçkin 2005 yildan buyon «Vaşington» tarkibida öynaydi. Ötgan mavsumda u faoliyatida ilk bor Stenli kubogini qölga kiritdi.












