11-15 fevral kunlari Özbekiston quriliş vaziri örinbosari Ş.Hoşimov boşçiligidagi delegatsiya Belorussiyada böldi. Bu haqda Belorusdagi Özbekiston vakolatxonasi xabar berdi.

Xabarda aytilişiça, delegatsiya Belorussiyaning arxitektura va quriliş sohasidagi, xususan uşbu yönalişda kadrlar tayyorlaş va qayta tayyorlaş tajribasi bilan tanişdi.

Özbekiston delegatsiyasi taşrif doirasida Belorussiya arxitektura va quriliş vazirining birinçi örinbosari A.Kruçanov, tegişli ilmiy-tadqiqot, loyiha-quriliş va ilmiy-ta'lim muassasalari rahbarlari bilan uçraşuv ötkazdi.

Uçraşuvda injyenerlik izlanişlari, arxitektura-qurilişni loyihalaştiriş, quriliş, kadrlar tayyorlaş va mutaxassislar malakasini oşiriş borasida hamkorlikni rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi.

Delegatsiya, şuningdek, respublikadagi qator quriliş taşkilot va muassasalari faoliyati bilan ham tanişdi.

Taşrif yakunida Özbekiston Quriliş vazirligi va Belorussiya Arxitektura va quriliş vazirliklari örtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.