Yaponiya boş vaziri Sindzo Abe Vaşington iltimosi bilan AQŞ prezidenti Donald Trampni tinçlik böyiça Nobel mukofoti olişga ilgari surgan. Bu haqda Yaponiya hukumatidagi manbaga iqtibos keltirgan holda “Asaxi simbun” yapon naşri xabar berdi.
Naşr ma'lumotlariga köra, AQŞ hukumati Tramp 2018 yilda Singapurda Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In bilan uçraşgandan keyin Tokiodan Tramp nomzodini Nobel mukofotiga ilgari surişni “norasmiy” tarzda söragan.
Abe 2018 yil kuzda Trampning nomzodini Nobel mukofotiga ilgari surgan. Arizalar fevralgaça qabul qilingan.
Tramp 15 fevralda Nobel mukofotiga loyiqligini, biroq uni ehtimol heç qaçon olmasligi mumkinligini aytgan.
“Menga kelsak, men ehtimol heç qaçon uni olmasam kerak, biroq heçqisi yöq. Ular uni Obamaga berişgan, u esa uni hattoki nima uçun olganini bilmagan”, deb aytgan Tramp Oq uyda jurnalistlar savoliga javoban.
AQŞning Trampdan oldingi rahbari Barak Obama 2009 yilda prezident lavozimini bajarişga kirişişi bilanoq Nobel mukofoti bilan taqdirlangandi. Nobel qömitasi a'zolari Obamaning “xalqaro diplomatiya va odamlar örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaşdagi” sa'y-harakatlarini mukofotga loyiq deb topişgan. Biroq keyinroq vaqt ötişi bilan mukofot “oqsoqollari” bu qarorlaridan afsuslanişgan.












