BAA qurolli kuçlari 17 fevralda qurol va harbiy texnika körgazmasi IDEX 2019’ning ilk kuni 5 mlrd dirhamlik (1,362 mlrd dollarlik) qurol-aslaha sotib olişga şartnomalar tuzdi.
Ta'kidlanişiça, xorijiy kompaniyalar bilan 3,866 mlrd dirhamlik (1,053 mlrd dollar), BAA kompaniyalari bilan 1,104 mlrd dirhamlik (300,8 mln dollar) şartnomalar tuzilgan.
BAAda ötayotgan körgazmaning ilk kuni imzolangan eng yirik şartnoma AQŞning Raytheon kompaniyasi bilan Patriot tizimlari uçun boşqariluvçi raketalarni sotib olişga 356 mln dollarlik şartnoma bölgan.
Rossiya bilan ikkita: BAA havo hujumiga qarşi mudofaa kuçlarining “Pansir- S1” raketa-zambarak majmualarini ta'mirlaş va ularga ehtiyot qismlari yetkazib berişga 12,5 mln dollarlik va BAA quruqlikdagi qöşinlari uçun “Kornet-E” tanklarga qarşi boşqariluvçi raketalar yetkazilişiga 40 mln dollarlik şartnomalar tuzilgan.












