Şimoliy Koreya aeroportlar va boşqa fuqarolik obektlarini qöllagan holda, yadro va raketa dasturini rivojlantirişni davom ettirmoqla. Bu haqda BMT Xavfsizlik kengaşining ekspret komissiyasi dokladi ma'lumotlariga iqtibos keltirgan holda “Kiodo” axborot agentligi xabar berdi. 

“Ekspert komissiyasi Şimoliy Koreya halokatli zarbalarning oldini oliş maqsadida fuqarolik obektlari, jumladan aeroportlardan ballistik raketalarni yiğiş va sinaş uçun foydalanayotganini örnatdi”, deb aytilgan xabarda. Ta'kidlanişiça, doklad keyinroq e'lon qilinadi. 

Mutaxassislarning ma'lumotlariga köra, qöllanilayotgan obektlar transport tugunlari yoki yirik avtomobil yöllari yaqinida joylaşgan. 

Bundan taşqari, hujjatda Yonbyondagi yadro obekti işini davom ettirayotgani ta'kidlab ötilgan. 

Şimoliy Koreya 2018 yil sentyabrda ötgan uçinçi Koreyalararo sammitida Tonçxannidagi raketa poligonini (Soxe kosmodromi) yopişga va Yonbyondagi yadro obektlarini töliq demontaj qilişga va'da bergan. Avvalroq Atom energetikasi böyiça xalqaro agentlik Yonbyondagi yadro markazi faoliyati davom etayotganini, biroq agentlik obektga kirmasdan bu işning xarakteri va maqsadini tasdiqlay olmasligini ma'lum qilgandi.