Moskva janubi-şarqida özbekistonliklar iştirokida röy bergan muştlaşuv oqibatida ikki kişi halok böldi. Bu haqda «Moskovskiy komsomolets» xabar bermoqda.
17 fevralga ötar keçasi Volgograd prospektida röy bergan janjalda jami 10 kişi iştirok etgan.
«Dastlabki ma'lumotlarga köra, muştlaşuv iştirokçilari soni 10 kişi bölgan, ularning barçasi avtomoyka majmuasida işlagan özbekistonliklar», — deyiladi manba ma'lumotida.
Ma'lum bölişiça, mojaroga işçilardan biri boşqasining ukasini haqoratlagani sabab bölgan.
Mojaro iştirokçilaridan biri, 29 yoşli işçi voqea joyida piçoqdan olingan jarohat tufayli halok bölgan, yana ikki kişi jarohatlangan holda şifoxonaga yotqizilgan, ulardan biri jon bergan.
Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan.
Janjal kuzatuv kameralariga muhrlanib qolgan. Videoda köriş mumkinki, muştlaşuvdan keyin odamlar yerda yotgan kişi atrofida töplangan, keyinroq politsiya va tez yordam maşinalari yetib kelgan.












