Nemis matbuoti AQShni dunyo yetakchisi maqomidan “mahrum qildi”
AQSh vitse-prezidenti Mayk Pensning xavfsizlik bo‘yicha Myunxen anjumanida “AQShning yetakchiligi” haqidagi bayonotiga qaramay, aslida AQSh Rossiya va Xitoyga pozitsiyalarni boy bermoqda. Bu haqda Der Spiegel nemis nashri yozmoqda.
Jurnalda ta'kidlanishicha, Pens o‘z nutqi davomida AQSh prezident Donald Tramp vaqtida “har doimgidan kuchliroqqa”, “erkin dunyoning yetakchisiga aylanganini” aytgan.
“Pens o‘z nutqida tasvirlagan ajoyib parallel dunyo shunday ko‘rinishda. Biroq buning haqiqat bilan umumiy jihati kamdir. Amerika boshqa yetakchilik qilmayapti, u o‘z o‘rnini boy bermoqda”, dyob yozilgan nashrda va “oldinga” boshqa davlatlar: Rossiya, Xitoy va hattoki Eron chiqayotganini ta'kidlab o‘tgan.
Nashrning ko‘rsatishicha, transatlantik munosabatlar o‘z tarixidagi eng chuqur inqirozni boshdan kechirmoqda. Shu bilan birga AQSh yetakchi bo‘lmay turib, qolganlarga ko‘rsatma berishda davom etmoqda.
Ta'kidlanishicha, Yevropa davlatlari vakillari Pensning nutqini “tosh qotgan yuzlar” bilan eshitishgan.
“Ular uchun Pensning tushunchasida Amerika yetakchiligi nima ekanligi ayon edi – bir davlat buyruq beradi, qolganlar esa uni bajaradi. Bu ularning hamkorlik haqidagi o‘z tushunchalariga mos kelmaydi”, deb xulosa qilingan nashrda.
Xavfsizlik bo‘yicha Myunxen anjumani nemis publitsisti Evald fon Kleyst tashabbusi bilan 1963 yildan boshlab har yili o‘tkazib kelinadi. An'anaga ko‘ra anjumanda fon Kleyst nomidan tinchlik va ixtiloflarni hal qilish ishiga qo‘shgan ulkan hissa uchun mukofot topshiriladi.
Mavzuga oid
23:20 / 13.11.2024
Polshada AQShning raketaga qarshi mudofaa bazasi ochildi
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
22:14 / 13.11.2024
Tramp lavozim taqsimlamoqda: Pentagon jurnalistga, Maskka yangi departament
15:44 / 13.11.2024