Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasi tayyorlagan hisobotda Özbekiston muayyan sohalar, xususan bandlik, tadbirkorlik, eksport va energosamaradorlik kabi yönalişlarni rivojlantirişi lozimligi aytilgan. 

«2016 yil ma'lumotiga köra, mehnatga layoqatli kişilar soni Özbekistonda 23 million nafar fuqaroni taşkil etadi. Bu umumiy aholining 72 foizi degani. Ularning 62 foizi (taxminan 13 million) iş bilan band. Agar joriy tendensiya saqlanib qolsa, 2030 yilga borib, mehnatga layoqatli kişilar soni yana 4 millionga köpayişi mumkin. Özbekiston Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida bu körsatkiç bilan beşinçi eng katta davlatga aylanadi. 

Ammo bir qança omillarni ham inobatga oliş zarur: mehnatga layoqatli köp kişi faol emas, iş bilan band emas yoki xorijda işlaydi. Ayniqsa, 20-24 yoşdagi har 10 kişining biri faol ravişda iş qidirmaydi, çunki u iş topolmasligiga amin», — deyiladi hisobotda. 

Ma'lum qilinişiça, aholining katta qismi qişloq xöjaligi va xizmat körsatiş sohasida band, rasmiy sektorda esa davlat korxonalari yaqqol közga taşlanadi. 

 «Har beş kişining tört nafari qişloq xöjaligi sohasi yoki kiçik xizmat körsatiş işi bilan band. Mos ravişda bu sohalarning yalpi içki mahsulotdagi uluşi ham şunçani taşkil etadi. Davlat korxonalarida esa band bölgan xodimlar umumiy işçilarning 1/3 qismini taşkil etadi. Özbekistonda hanuzgaça samaradorligi kam bölgan yirik davlat korxonalari va qöşimça yollanma kuç kömagisiz (jamidan 70 foizi şunday - tahr.) iş olib borayotgan kiçik firmalar faolligi seziladi», — deya ta'kidlangan hujjatda.