“Keles” temir yöl çegara bojxona posti hamda Kontrabanda va bojxona qonunçiligi buzilişiga qarşi kuraşiş bölimi xodimlari “Ufa-Toşkent” yönalişida kirib kelgan xalqaro poyezd yölovçilaridan biriga tegişli bölgan umumiy qiymati 64,1 million sömni taşkil qiluvçi 140 turdagi 985 dona parfyumeriya mollari, 121 dona ayollar gigiyenik vositalari, şuningdek, quruq çoy, konfet va bolalar ozuqalarini tijorat maqsadida deklaratsiyalamagan holda olib ötişga uringan vaqtida töxtatib qolişdi.

Yana bir holatda, “Novosibirsk-Toşkent” xalqaro yölovçi poyezdining yölovçilaridan biri 5 turdagi 460 dona jarrohlik operatsiyalarida işlatiladigan tibbiyot vositalari, 5521 dona biologik faol qöşimçalar, parfyumeriya va kosmetika vositalari, suvenirlar hamda maişiy texnika buyumlarini bojxona nazoratidan yaşirib olib kelayotganligi ma'lum böldi. Aniqlangan tovarlarning umumiy qiymati 1,9 milliard sömni taşkil etdi.
“Moskva-Andijon” xalqaro yölovçi poyezdining yölovçilari S.X. va A.Q. esa umumiy qiymati 72,6 million sömlik 19 ming 200 dona mobil telefoni uçun sim kartalar, 10 dona ratsiyalar va boşqa tovarlarni vagonning köz ilğamas joylariga yaşirgan holda olib ötişga bölgan urinişi aniqlandi.
“Boş poçtampt” taşqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan ham bojxona qonunlari buzilişi holati öz vaqtida aniqlandi. Ya'ni xorijdan fuqarolar M.A., D.T., M.Ş., M.D. nomiga keltirilgan poçta jönatmalari bojxona nazoratidan ötkazilganda “CN23” şakldagi bojxona deklaratsiyasida körsatilmagan umumiy qiymati salkam 250 million sömlik 1518 dona turli xil stomatologik uskunalar borligi ma'lum böldi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekşiruvi harakatlari davom ettirilmoqda.











