Jahon | 00:04 / 19.02.2019
58254
2 daqiqa o‘qiladi

Ko‘p farzandli ayol bittada 7 farzandni dunyoga keltirdi

Foto: «Mir 24» / Maksim Kulachkov

Iroqlik ko‘p farzandli ayol bir tug‘ishda 7 farzandni dunyoga keltirdi. Ayolning bungacha 3 farzandi bor edi, deb xabar berdi The Daily Mail nashri.

Ayol 6 qiz va bir o‘g‘il farzandni dunyoga keltirgan. Bolalarning otasi Yusuf Fazl va uning 25 yoshli rafiqasi yana farzand ko‘rishni rejalashtirishmagan edi.

Ayni vaqtda 7 egizning onasi ortidan shifokorlar kuzatuv olib bormoqda, uning ahvoli barqaror. Barcha bolalar sog‘lom tug‘ilishgan. 

Bir yil avval livanlik juftlikda 6 egiz farzand dunyoga kelgandi. Bungacha juftlikning 4 farzandi bo‘lgan va ular 5-farzandlari bo‘lishini istashgan. Ammo unga qo‘shilib yana 4 farzand tug‘ilgan.

Ta'kidlash joizki, 7 egiz tug‘ilishi holati ilk bor 1997 yilda AQShning Ayova shtatidagi De-Moyn shahrida qayd qilingan. Juftlikda bungacha katta yoshli farzandi bo‘lgan. E'tiborlisi, egizaklarning ota-onasi Bobbi va Kenni Makkogi ko‘p yillar davomida bepushtlikka qarshi kurashishgan. Egizaklardan 2 nafari baxtga qarshi bolalar tserebral falaji bilan dunyoga kelgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid