Soliq organlari tomonidan yalpi pasportlashtirish jarayoni boshlandi
Soliq islohotlarini amalga oshirish jarayonida tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan soliq qonunchiligiga rioya etilishini profilaktika qilish maqsadida yalpi pasportlashtirish (ko‘zdan kechirish hamda so‘rov o‘tkazish) tadbirlari boshlandi.
Davlat soliq qo‘mitasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi xabariga ko‘ra, ushbu tadbirlar xo‘jalik sub'yektlarini tekshirish bilan umuman bog‘liq bo‘lmasdan, asosiy maqsad tadbirkorlarga soliq qonunchiligiga rioya etishlari uchun ko‘mak va maslahat berishdan iborat.
Qayd etilishicha, tadbirkorlik sub'yektlariga nisbatan hech qanday ma'muriy va moliyaviy jarimalar qo‘llanilmaydi hamda mavjud tushunmovchiliklar va kamchiliklar hamkorlikda bartaraf etiladi.
Mazkur tadbirlarga 2 558 nafar davlat soliq xizmati organi xodimlari jalb etilib, dastlabki ikki kuni davomida 19 032 ta obekt ko‘zdan kechirilgan.
Natijada:
– 5 651 nafar mehnat shartnomasi tuzmasdan ishlayotgan fuqarolarga ijtimoiy himoyalanishlari uchun ish beruvchilar bilan munosabatlarini qonuniy rasmiylashtirishlari;
– 2 254 nafar jismoniy shaxslarga davlat ro‘yxatidan o‘tib, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlari;
– 3 968 ta obekt egalariga ijara shartnomalarini davlat soliq inspeksiyalarida ro‘yxatga qo‘yishlari va 875 ta mol-mulk obekti hamda yer maydoni egalariga mulkini kadastr idoralarida ro‘yxatdan o‘tkazishlari to‘g‘risida profilaktik suhbat va ogohlantirishlar berilgan.
Mavzuga oid
19:45 / 12.12.2023
Toshkent shahrida test rejimida daraxtlarni pasportlashtirish o‘tkaziladi
21:19 / 07.07.2021
Jismoniy shaxslar YaTT sifatida taksichilik qilganda qancha soliq to‘laydi?
10:06 / 02.07.2021
130ta davlat xalqaro soliq tizimi kiritilishini ma'qulladi
11:27 / 27.06.2021