Tojikiston transport vaziri Xudoyor Xudoyorzodaning Tojikistondagi Qirğiziston elçisi Janiş Rustambekov bilan uçraşuvda ma'lum qilişiça, Qirğizistondan kirib kelayotgan yuk maşinalari ikki mamlakatning qurilişiga katta mablağ ajratilgan avtoyöllarini buzmoqda. 

Vazir mazkur masalaning tez orada öz yeçimini topişiga umid bildirib, bundan ikki mamlakat ham manfaatdor ekanini qayd etdi. 

Şu bilan birga, Xudoyorzoda Qirğiziston bilan çegaradagi Vahdat-Laxş avtoyöli qurilişiga doir fikri bilan bölişdi va Qirğiziston tomondan keçiktirilgan "ba'zi jarayonlar"ni tezlaştirişga çaqirdi. 

"Uşbu yölning qurilişi va ekspluatatsiyaga kiritilişi ikki mamlakat iqtisodiyoti rivoji yölida xizmat qiladi. Ma'lumki, taşuvçilar doim eng qisqa yöllarni tanlaşadi", - deya Xudoyorzodaning sözlarini yetkazadi Transport vazirligi. 

Janiş Rustambekovning ta'kidlaşiça, ayni damda Qirğiziston Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning taşrifiga tayyorgarlik körmoqda.

Diplomat bunday yeçimini topmagan masalalar kutilayotgan taşrif davomida muhokama qilinişiga umid bildirdi.