Kun.uz savollariga iqtisodçi Yuliy Yusupov javob berdi
— Joriy yilning 25 fevralidan boşlab Özbekiston Respublikasi Markaziy banki qiymati 100 ming söm bölgan banknotdan iborat yangi pul belgilarini muomalaga çiqarmoqda. Bu nima uçun qilinmoqda?
— Agar eslasangiz, bor-yöği bir neça yil muqaddam Özbekistonda eng katta banknot ming sömlik pul edi. 5 ming sömlik pul paydo bölganida, ular yetmay qoldi. Eslab köring-a, xarid qilişda qanday qiyinçiliklar mavjud edi: bozorga pul töldirilgan sumka kötarib borişga töğri kelardi. Endi davlat va banklarga ham tonnalab pullarni işlab çiqariş va taşiş neçoğlik qiyin bölganini tasavvur qiling. Bu tonnalarni çop etiş uçun qança qoğoz, böyoq, yana transport xarajatlari ketardi? Ulkan hajmdagi banknotlarni sanaşning öziga qança elektr energiyasi sarf böladi? Yangi banknotalar paydo bölişidan avvalgi yillarda banklarda hattoki pullarning boğlamini yeçmasdan qabul qiliş odat tusiga kirgan edi: ularni sanaşga kuç ham imkoniyat ham yetişmasdi.
Yirikroq nominaldagi kupyuralar (10.000, 50.000 va endi 100.000 söm)ning çiqarilişi aholining ham, tijorat banklarining ham turmuşini yengillaştiradi, naqd pullarni işlab çiqariş xarajatlarini sezilarli tarzda qisqartiradi.
Men yirik bitimlarni hisob-kitob qilişda va omonat qilib saqlaş uçun yanada yirikroq nominaldagi kupyuralar çiqarilsa yomon bölmasdi, deyman. Agar bizning yaqin qöşnilarimiz bilan soliştirilsa, bizning eng yirik kupyuramiz ham dollarga çaqilganda eng kiçik qiymatga ega ekanligi ayon böladi. Farq eng kamida 4 barobarni taşkil etmoqda. Masalan, Rossiya va Qirğizistonda eng yirik kupyuralar qiymati böyiça qariyb 75 AQŞ dollariga teng, Qozoğiston va Tojikistonda — 53 AQŞ dollari, bizning bir yuz ming sömlik kupyuramiz esa 12 dollardan ham pastroq qiymatga ega.
Kupyuralarning maksimal nominali va ularning AQŞ dollaridagi qiymati

Markaziy bank bozor talablarini inobatga olib, kiçik nominaldagi kupyuralar va tangalar tanqisligi yuzaga kelmasligi uçun milliy valuta nominallari tuzilmasida proporsiyalarga rioya qilişi boşqa gap.
— Yirikroq nominaldagi kupyuralarning muomalaga çiqarilişi inflatsiyani kuçaytiradi, degan hadiklar ham yöq emas. Bu hadiklar neçoğlik örinli?
— Bunday hadiklar ön ming sömlik va ellik ming sömlik pullar muomalaga çiqarilganida ham yangragan edi. Bu hadiklar heç bir obektiv asosga ega bölmagan va bölmaydi ham.











