Indoneziyada 15 yil avval, 2004 yil Janubi-Şarqiy Osiyoga yopirilgan ulkan sunami qurbonlari ommaviy qabri topildi. Bu haqda Daily Mail naşri ma'lum qildi. 

Ma'lumotlarga köra, ommaviy qabr Sumatra orolining şimolidagi Açex viloyatida şifoxonalar quriş rejalaştirilayotgan maydon közdan keçirilayotganda topilgan. Taxminlarga köra, qabrda yuzlab odamlar kömilgan bölişi mumkin. 

Mahalliy aholining aytişiça, bu hududda bunday qabrlardan yuzlab bor. Ulardan köpçiligi heç qanday belgilanmagan, çunki tabiiy ofat qurbonlari kasallik tarqalmasligi uçun şoşilinçda kömilgan.

2004 yil 26 dekabrda Janubi-Şarqiy Osiyoda 9-9,3 magnitudali zilzila yuz bergan. Uşbu zilzila seysmografik kuzatuvlar olib borilayotgan vaqtdan beri kuçliligi böyiça 3-raqamlisi hisoblanadi. Oqibatda Hind okeanida ulkan tölqin hosil bölib, 14 davlat, jumladan, Indoneziya, Hindiston va Tailand sohilböyiga yopirilgan. Tabiiy ofat oqibatida 230 mingdan köproq odam, jumladan 167 mingdan köproq indoneziyalik halok bölgan.