Osiyo Çempionlar Ligasida saralaş bosqiçining pley-offidan örin olgan bir öyin yakunlandi. 

«Paxtakor» safarda BAAning «An-Nasr» klubi bilan bellaşib, 2:1 hisobida ğalaba qozondi.

15-daqiqada mezbonlar penalti tepiş huquqini qölga kiritişdi. Ammo Negredo zarbani juda noaniq bajardi. 31-daqiqada Çeran xuddi şunday vaziyatda raqib darvozasini işğol qilib, hisobni oçdi.

Ikkinçi bölim «Paxtakor» hujumlari bilan boşlandi. 50-daqiqada Bikmayev öng qanotdan jarima maydoniga yetkazilgan töpni boşi bilan darvozaga joyladi. Oradan 8 daqiqa ötgaç «An-Nasr» hisobni qisqartirdi. Sadriddin Abdullayev jarima maydoni içida töpni qöli bilan qaytargaç, boş hakam yana bir penaltini belgiladi. Bu safar Negredo uni aniq amalga oşirdi va hisobni qisqartirdi. Şundan söng, har ikkala klubda xavfli vaziyatlar bölsa-da, hisob özgarmay qoldi.

Natijada «Paxtakor» OÇL guruh bosqiçiga yöl oldi.

OÇL, Saralaş öyinlarining pley-off bosqiçi
19 fevral, Dubay 
An-Nasr (BAA) – Paxtakor (Özbekiston) 1:2
Gollar: Alvaro Negredo (58 pen) – Dragan Çeran (31 pen), Marat Bikmayev (50)
Boş hakam: Ryuji Sato (Yaponiya)
An-Nasr: Ibrohim Iso, Mahmud Hamis, Ahmad Ibrohim, Mas'ud Sulaymon, Muhammad Ibrohim, Jon Umariy, Xolid Jalol, Tariq Ahmad, Ronni Fernandes, Serjio Dutra, Alvaro Negredo 
Paxtakor: Sanjar Quvvatov, Xojiakbar Alijonov, Şerzod A'zamov, Yegor Krimets, Farruh Sayfiyev, Odiljon Hamrobekov, Sadriddin Abdullayev, Doston Hamdamov, Dragan Çeran, Jaloliddin Maşaripov, Marat Bikmayev.