Sifatsiz yo‘l qurilishidan kimga shikoyat qilish mumkin?

Sifatsiz yo‘l bo‘lmagan shahar yoki tuman yo‘q desam aslo adashmaymiz. Ayrimlarida ta'mirlash ishlari olib borilsada, ulardagi ish sifatidan ko‘pchilikning ko‘ngli to‘lmaydi. Ana shunday vaziyatda kimga murojaat qilish mumkin?
20 fevral kuni «O‘zbekistonda avtomobil yo‘llari qurilishi: yutuq va muammolar» mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi mutasaddilari ishtirok etdi.
Transport vazirligi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi rahbari Zarifulla Xo‘janovning ma'lum qilishicha, mazkur inspeksiya tomonidan 2018 yil davomida yo‘l qurilishi sohasida 8 mingdan ortiq qoidabuzarliklar aniqlangan. 2500dan ortiq ko‘rsatmalar berilgan, ularni vaqtida va sifatli bajarmagan 302 nafar xodimga turli xil jarimalar qo‘llangan, hatto sud tomonidan javobgarlikka tortilgan. Inspeksiyaning 71 268-92-68 raqamli ishonch telefoniga yoki uzavtoyul.uz saytiga murojaat qilish mumkin. Inspeksiya eski yo‘llar sifatiga javob bermaydi, aynan olib borilayotgan yo‘l qurilishlari sifatini nazorat qilib boradi va bu borada e'tirozlarni qabul qiladi.
Inspeksiya Nizomiga asosan, uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan:
*yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yo‘l qurilish ishlarida, yo‘l-qurilish materiallari, mahsulotlar va konstruksiyalarni ishlab chiqarishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini nazorat qilish;
*qurilishi tugallangan yo‘l obektlarini foydalanishga qabul qilish bo‘yicha komissiyalar ishida qatnashish;
*yo‘l qurilishi yuzasidan shaharsozlik qonunchiligiga rioya qilinishi ustidan nazorat qilishni tashkil etish borasida texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjatlarni tashkillashtirishga doir takliflar kiritish va unda ishtirok etish;
*yo‘l-qurilish materiallari, mahsulotlar va konstruksiyalarni standartlashtirish va sertifikatlashtirish ishlarini olib borish.
Inspeksiyaning tasdiqlangan tuzilmasiga ko‘ra, unda faoliyat ko‘rsatadigan 26 nafar davlat inspektori Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi yo‘l qurilishi ishlarini muntazam ravishda nazorat qilib borishadi.
Ma'lumot o‘rnida: xabarni tayyorlash chog‘ida mazkur inspeksiyaning 71 268-92-68 ishonch raqamli telefoniga ham, kanselyariyasining 71 268-93-21 raqamiga ham sinov tariqasida qayta-qayta qo‘ng‘iroq qilishimiz samara bermadi – go‘shakni hech kim ko‘tarmadi. Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasining 71 237-26-23 raqami orqali bu inspeksiyaga ulanishning ham iloji yo‘q ekan.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kashmirda sulh e’lon qilinganidan keyin portlashlar sodir bo‘ldi
Jahon | 23:37
-
AQShda ona va o‘g‘il bir vaqtda universitetni tamomladi
Jahon | 23:18
-
Ukraina muzokaraga tayyorligini aytdi, Rossiya o‘ylab ko‘rishini ma’lum qildi
Jahon | 22:28
-
Bekobod shahrida Damas piyodani bosib ketdi
Jamiyat | 22:20
Mavzuga oid

16:51 / 11.04.2025
Transport vazirligi Qozog‘iston orqali harakatlanayotgan haydovchilarni ogohlantirdi

17:16 / 04.03.2025
Toshkent shahridagi ayrim avtobus yo‘nalishlariga o‘zgartirish kiritiladi

23:17 / 08.01.2025
O‘zbekistondan Xitoy, Rossiya va qo‘shni davlatlarga avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

21:47 / 18.10.2024