O‘zbekiston | 16:29 / 20.02.2019
30772
2 daqiqa o‘qiladi

Xalq ta'limi vazirligi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

Foto: Xalq ta'limi vazirligi

Hukumat qarori bilan Xalq ta'limi vazirligi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Nizomga muvofiq, bir qator qayta tayyorlash va malaka oshirish markazlari, oromgohlar, tahririyatlar, “Mehribonlik” uylari vazirlik tarkibiga kirishi belgilandi.

Umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta'lim sohasida o‘quvchilarning ma'naviy axloqiy, intellektual va jismoniy rivojlanishi darajasini yanada yuksaltirishga yo‘naltirilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish vazirlikning asosiy vazifasi hisoblanadi.

Nizom bilan vazirlik hamda uning hududiy boshqarma va bo‘limlarining vazifa va funksiyalari, huquq va majburiyatlari belgilandi.

Vazirlikka bosh vazir taqdimnomasiga binoan prezident tomonidan lavozimga tayinlanadigan va ozod etiladigan vazir boshchilik qiladi.

Vazirning besh nafar o‘rinbosari, jumladan, bir nafar birinchi o‘rinbosari bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta'limi vaziri va hududiy bo‘linmalari rahbarlarini lavozimiga tayinlash va ozod etish bevosita vazir tomonidan davlat hokimiyati organlari roziligisiz amalga oshiriladi.

Vazirlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligi muntazam baholanib boriladi.

Mavzuga oid