21-23 fevral kunlari Buxoro şahrida Ziyorat turizmi böyiça birinçi xalqaro forum bölib ötadi. Forumni taşkil etişdan maqsad - mamlakat sayyohlik imkoniyatlari va salohiyatini keng tarğib etiş, şuningdek, Özbekistonni xalqaro miqyosda islom dunyosidagi ziyorat-turizmi böyiça yirik markazlardan biri sifatida e'tirof etişdir. Forum yakuniga köra, Özbekistonda ziyorat turizmi istiqbollari böyiça aniq takliflar işlab çiqiladi, şuningdek, respublikaning ziyorat turizmi imkoniyatlari haqida jahon hamjamiyatini xabardorlik darajasi oşişi, Özbekiston yangi sayyohlik brendini işlab çiqiş, ziyoratçilar talablaridan inobatga olgan holda mavjud turistik marşrutlarni takomillaştiriş ham kutilmoqda.
Iştirokçilar
Ziyorat turizmi böyiça ilk xalqaro forumda islom dunyosining 120 dan ortiq nufuzli xalqaro taşkiloti, tegişli idoralar, din ulamolari, oliy öquv yurtlari, sayyohlik ma'muriyatlari, ilmiy-akademik doiralar, ziyorat turizmi böyiça turistik kompaniyalar vakillaridan iborat xorijiy mehmonlar, şuningdek, mahalliy OAV vakillari va turoperatorlar iştirok etadi. Şu bilan birga, Ziyorat turizmi forumi hamda respublika turistik salohiyatini keng yoritiş maqsadida 14 nafar xorijiy OAV vakillari, jumladan, Euronews (Fransiya), «Al-Jazira» (Qatar), «Al-Ahram al-iqtisadiy» (Misr) jurnali va Diplomatic News (Pokiston), «Kommersant» (Rossiya), «Al-Vajhat» (Ummon), «Al-Hayat» (Saudiya) vakillari ham iştirok etişadi.
Pilgrim visa
Ta'kidlaş joizki, hukumat tomonidan Özbekistonning ziyorat turizmi yönalişidagi jozibasini oşiriş böyiça qator çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Prezidentning 5611-sonli farmoniga köra, joriy yilning 5 yanvar kunidan Özbekistonning madaniy-tarixiy va diniy-ma'naviy merosi va an'analarini örganiş uçun taşrif buyuruvçi xorij fuqarolariga 2 oygaça bölgan muddat bilan beriluvçi Pilgrim visa joriy etildi.
«Halol» standarti
2018 yildan boşlab mamlakatning umumiy ovqatlaniş şoxobçalari va restoranlarda «halol» standartini amaliyotga joriy etiş böyiça işlar olib borilmoqda. Misol uçun, 2018 yil fevral oyidan boşlab ISO 22000 va «Halol» oziq-ovqat mahsulotlari böyiça umumiy qöllanma» Öz DSt 3286:2018 davlat standarti rasman joriy etildi.
Kun tartibi
21 fevral. Dasturga köra, birinçi kuni Buxoroning diqqatga sazovor maskanlari va ziyorat turizmi obektlari, jumladan Bahouddin Naqşbandiy memorial majmuasini tomoşa qiliş közda tutilgan. Şuningdek, ziyorat forumining VIP-iştirokçilari, jumladan, «Istiqlol» muzeyi (Indoneziya), Crescent Rating (Singapur), Turkiya Din işlari qömitasi, MATTA uyuşmasi (Malayziya) va boşqa taşkilotlar vakillari bilan matbuot anjumanlari taşkil etiladi.












