Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In keyingi haftada Vetnamga AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan uçraşgani keladi. Uning Xanoyga safari deyarli 3 kun davom etadi, deb xabar berdi Reuters axborot agentligi.
Kim Çen In safari davomida Xitoy böylab poyezdda ming kilometr yöl bosişiga töğri keladi. Vetnam bilan çegarada u poyezddan maşinaga ötirib, yana 170 km yöl yurişiga töğri keladi.
Tramp va Kim Çen Inning uçraşuvi 27-28 fevralda bölib ötadi. Ikki yetakçining tarixiy ilk uçraşuvi 2018 yil iyunda Singapurda bölib ötgandi. Öşa uçraşuv natijalariga köra AQŞ Şimoliy Koreyaga xavfsizlik kafolatini beradigan, Şimoliy Koreya esa Koreya yarimorolini yadroviysizlaş majburiyatini zimmasiga oladigan qöşma hujjat imzolangan.
Ta'kidlanişiça, poyezdda sayr qiliş Kim sulolasining sevimli maşğuloti hisoblanadi. Kim Çen Inning bobosi Kim Çen Ir va otasi Kim Ir Sen ham öz vaqtida şunday sayr qilişgan.
“Kim Çen Ir odamoviroq bölgan. U xorijiy delegatsiyalar bilan uçraşuvlar ötkazişni va xorijga safar qilişni yoqtirmasdi. Biroq Kim Çen In otasi Kim Ir Senga öxşaydi. U xorijiy safarlarni juda yaxşi köradi”, deb aytgan Şimoliy Koreyaning Britaniyadagi elçisining sobiq örinbosari va 2016 yilda Janubiy Koreyaga qoçib ketgan Txe Yen Xo.












