O‘zbekiston Respublikasi gidlar uyushmasi tuzildi
20 fevral kuni yangi tuzilma - O‘zbekiston Respublikasi gidlar uyushmasi tuzildi. Kun.uz muxbiri Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Abdulaziz Akkulovning Xalqaro gidlar forumi doirasida bergan ma'lumotiga asoslanib, shu haqida xabar berdi.
21 fevralda Butunjahon gidlar va ekskursavodlar kunini nishonlash doirasida Toshkentda "Buyuk Ipak yo‘li: chegarasiz hamkorlik" nomli III Xalqaro gidlar forumiga start berildi. Tadbirda Ispaniya, Fransiya, AQSh, Hindiston, Isroil, Italiya kabi davlatlardan yetakchi mutaxassislar ishtirok etib, gidlar faoliyatini rivojlantirishga doir tajribalari bilan bo‘lishishdi.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Abdulaziz Akkulov barcha gidlarni kasb bayrami bilan qutlab, sayyohlar soni oshgani sayin turistik xizmatlar eksporti ham o‘sayotganini (546 mln dollardan 1 mlrd 40 mln dollargacha) ta'kidladi. Shu bilan birga, turizm rivoji sur'atlarini saqlash va oshirish uchun turistik mahsulot sifatini birinchi o‘ringa chiqarish kerakligiga urg‘u berdi.

"Turistik mahsulot sifatini ta'minlashda aynan bevosita sayyohlar bilan ishlovchi gidlar va ekskursiyachilar muhim rol o‘ynaydi. Ta'kidlash joizki, bugungi kunda O‘zbekistonda turizm sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirishga oid jiddiy ishlar amalga oshirilmoqda, qator qonunlar tayyorlanib, ularning ba'zilariga tuzatishlar kiritilmoqda, bularning bari mamlakatning turizm sohasi, shu jumladan ekskursion faoliyatga ham sezilarli ta'sir ko‘rsatadi", - dedi u.
Abdulaziz Akkulov o‘z nutqida 2019 yilning 20 fevralida O‘zbekiston Respublikasi gidlar uyushmasining tuzilishi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi oldiga qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirishda muhim qadam bo‘lganini ta'kidladi. O‘zbekiston gidlar assotsiatsiyasi turistik bozor ishtirokchilarini birlashtiradi va Qo‘mita, "Turizm o‘quv-konsalting markazi" hamda mahalliy gidlar bilan birgalikda mamlakatda turizmni rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shadi.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tarixda ilk marotaba qotillik qurboni sudda sun’iy intellekt yordamida gapirdi
Jahon | 17:15
-
Pokiston - Hindiston havo jangi tarixdagi eng yiriklaridan biri bo‘ldi
Jahon | 17:04
-
HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?
Jamiyat | 17:00
-
Shavkat Mirziyoyev G‘alaba bog‘idagi «Millat fidoyilari» xiyobonida bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:33
Mavzuga oid

15:00
Kuvayt Jizzaxda turizm komplekslarini tashkil qilishi mumkin

10:30 / 07.05.2025
O‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda eng ko‘p qaysi davlatlarga chiqmoqda?

09:50 / 03.05.2025
O‘zbekistonda milliy turizm yagona platformasi ishlab chiqilmoqda

12:33 / 02.05.2025