2019 yil 20 fevral sanasida Yunusobod tumanida joylaşgan «Oloy»​​ bozoriga yaqin hududda daraxtlar kesib taşlanayotgani haqidagi xabar Toşkent şahar hokimligiga kelib tuşgan va bu böyiça tegişli suriştiruv ötkazildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri. 

«Hokimlikda uşbu masala böyiça işçi guruhi tuzilib, örganiş işlari olib borildi. Tezkor tadbir natijasida Ekologiya​ va atrof-muhitni muhofaza qiliş şahar boşqarmasining davlat örmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarni kesiş yuzasidan çiqargan xulosasiga muvofiq, körsatma taqdim etilgani ma'lum böldi», — deb ma'lumot berdi hokimlik axborot xizmati. 

Toşkent şahar hokimligining xabar berişiça, körsatmaga asosan, Yunusobod tuman hokimi Rahmonbek Usmonov tomonidan 2019 yil 18 fevralda tasdiqlangan daraxt kesişga ruxsat beriş töğrisidagi tuman hokimining qarori mavjud. 

«Qarorga köra, Yunusobod tumani Abdulla Qodiriy va Oloy bozori berk köçalari oraliğidagi 6 tup soğlom eman daraxtlarini butalaşga, 1 tup eman daraxti tölov evaziga kesilişga ruxsat berilgan», — deya qöşimça qilinadi şahar hokimligi axborotida.

Yunusobod tumani Obodonlaştiriş boşqarmasi haydovçisi Sunatilla Madiyorovning aytişiça, boşqarma xodimlari şox-şabbalarni butalagan, ammo daraxt kesiş bilan şuğullanmagan. Boşqa haydovçi esa topşiriq böyiça «ötinlarni ortib  ketgan»ini bildirdi. ​

Ta'kidlanişiça, mazkur iş yuzasidan huquq-tartibot organlari tegişli suriştiruvni boşlagan.