Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 10-sinf o‘quvchisi maktabga pnevmatik avtomat olib keldi
20 fevral kuni 10-sinfda tahsil oluvchi 16 yoshli o‘quvchi glushitelga (ovozni, shovqinni pasaytiradigan moslama) ega bo‘lgan pnevmatik avtomat, gaz ballonlari, himoya niqobi, metall o‘qlarni o‘zi bilan birga maktabga olib kelgan.

Xabarlarga ko‘ra, voqea 20 fevral kuni Toshkent shahridagi 5-umumta'lim o‘rta maktabida sodir bo‘lgan.
2003 yilda tug‘ilgan, 10-sinf o‘quvchisi, voyaga yetmagan M.M. o‘zi bilan birga pnevmatik qurol olib kelgan. Ushbu holat maktab sumkalarini tanaffus vaqtida tekshirishda profilaktika inspektori tomonidan aniqlangan.
Aniqlanishicha, o‘smirning sumkasida pnevmatik to‘pponcha, glushitel, gaz ballon, o‘qdon, shuningdek, metall o‘qlar va himoya niqobi bo‘lgan.
Ushbu holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
22:18 / 04.06.2026
Zangiotadagi temiryo‘l kesishmasi o‘rnida yo‘l o‘tkazgich quriladi
16:14 / 04.06.2026
Elektropoyezd chiptasini Toshkent jamoat transporti bilan bog‘lovchi tariflar joriy etiladi
15:14 / 04.06.2026
Yo‘lkirani avtobusga chiqish paytida to‘lash majburiy bo‘ladi
10:04 / 03.06.2026