NATO sobiq boş kotibi Anders Fog Rasmussenning fikriça, kelajakda Belarus «uruş va bosib oliş»ni nazarda tutadigan «Ukraina ssenariysi»ga duç kelişi mumkin. U Liga.net portaliga bergan intervyusida öz fikrini bildirdi.

Suhbat çoğida jurnalist Rossiya «özining tajovuzkor siyosatini davom ettirayotgani» va qöşinlarini ğarbiy çegaralarga yaqinlaştirib kelayotgani haqida aytdi. Rasmussen bu fikrni qöllab-quvvatladi hamda Belarus uçun «asosiy xavf» «uruş va anneksiya bölgan Ukraina ssenariysi»ning takrorlanişi ekanini ta'kidlab ötdi.

«Agar islohotlar boşlanmasa, bu mamlakatni [Belarus] xuddi şunday ssenariy kutmoqda. Mening Belarus xalqi va mamlakat rahbariyatiga maslahatim şundan iboratki, ruslar tajovuzkorligidan himoyalaniş uçun - demokratiya hamda erkinlikka olib boradigan islohotlarni boşlaş kerak», - dedi Rasmussen.

Şuningdek, uning ma'lum qilişiça, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Belarus «katta rus davlatiga qöşilişi kerak» ekani haqida gapirgan. 

Eslatib ötamiz, avvalroq Lukaşenko Belarusga Ğarb va Şarqdan tahdid borligi haqida ogohlantirgandi.