Venesuela Aruba, Boneyr va Kyurasao orollari bilan dengiz çegarasini yopişga, u yerlarga parvozlarni töxtatişga va özaro munosabatlarni qayta körib çiqişga qaror qildi. Bu haqda Venesuela vitse-prezidenti Delsi Rodriges ma'lum qildi. 

“Venesuela bu davlatlar bilan nafaqat çegarani yopişga, balki munosabatlarni qayta körib çiqişga qaror qildi. Bu çoralar ularning hukumatlari xalqaro huquqqa amal qilmagunça va ularni hurmat qilmagunça amal qiladi”, deb aytgan Rodriges. 

Venesuela vitse-prezidentining ta'kidlaşiça, Kyurasao borasida çoralar vaqt böyiça noma'lum xarakterga ega. Bu orol Venesuela prezidenti Nikolas Maduro mamlakatga kiritişni istamayotgan gumanitar yordam töplanayotgan markazlardan biriga aylangan. Muxolifat yordam 23 fevraldan boşlab yetkazilişiga va'da bergan.