Italiyaning “Yuventus” klubi futbolçisi Sami Xedira yuragida muvaffaqiyatli operatsiyani ötkazdi. Bu haqda klub saytida ma'lum qilingan.
Şifokorlarning prognozlariga köra, yarim himoyaçining tiklanişiga bir oyça vaqt talab etiladi.
Futbolçi 19 fevralda, “Yuventus”ning Çempionlar ligasi 1/8 finali doirasida “Atletiko” bilan birinçi uçraşuviga uçib ketiş oldidan özini yomon his qilgan. Futbolçi körikka jönatilgan va unda aritmiya aniqlangan.
Nemis futbolçisi “Yuventus” uçun 2015 yildan beri töp surib keladi. 31 yoşli futbolçining hisobida uşbu klub uçun 125 ta öyin, 21 ta gol va 10 ta golli uzatma bor. Xedira Italiyaning 3 karra çempioni, 3 karra Italiya kubogi va Italiya superkubogi sohibi hisoblanadi.












