«Atletiko» prezidenti Enrike Sereso «Yuventus» hujumçisi Kriştianu Ronalduning xatti-harakatlariga izoh berdi.
Futbolçi Çempionlar Ligasi 1/8 finalidan örin olgan va jamoasining 0:2 hisobidagi mağlubiyati bilan tugagan öyinda muxlislarga qarata 5ta barmoğini körsatgan va bu bilan şunça marta Çempionlar Ligasida ğalaba qozongani, «Atletiko» esa bir marta ham yutuqqa erişmaganiga şama qilgan edi.
«Men uçun Ronaldu Çempionlar Ligasida 5 marta emas, 3 marta zafar quçgan. «Atletiko»ga qarşi ötkazilgan bahslarda u ğalaba qozonmagan. Nega? Bu haqda keyinroq gaplaşamiz», - deb Sereso sözlarini keltirmoqda Radio CRC.
Qayd qiliş joizki, Ronaldu öyindan keyin jurnalistlarga ham bu işoralarini körsatib: «Men 5 marta Çempionlar Ligasida ğalaba qozondim, «Atletiko» esa - nol» - degan edi.












