Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Deputat: Qozog‘iston va O‘zbekiston Qirg‘iziston tomonidan beriladigan suv bo‘yicha bahslashmoqda
Qirg‘izistonlik deputat Umbetali Kidiraliyevning bugun, 22 fevral kuni, «Respublika–Ata-Jurt» fraksiyasi yig‘ilishida xabar berishicha, Qirg‘iziston tomonidan beriladigan suv bo‘yicha Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida bahs bor.
«Mamlakatlarimiz o‘rtasida suv berish borasida aniq kelishuv mavjud, biroq bu mamlakatlarning fikricha, biz kimgadir boshqasiga qaraganda ko‘proq suv beryapmiz. Biroq, bu borada davlatlarga beriladigan suv bo‘yicha aniq miqdorlar mavjud», - deydi deputat.
Parlamentariyning xabar qilishicha, mamlakatda o‘zboshimchalik bilan suv chiqarib yuborish holatlari ham kuzatilyapti.
«Biz ushbu masalalarni hal qilishimiz kerak, sababi asosiy resurslarimizni sarflayapmiz», - deya hisoblaydi U.Kidiraliyev.
Foto: kenesh.kg
Deputat Sagindik Keldibayev Qozog‘iston tomonida suv omborlaridan suv chiqarish bo‘yicha nima sababdan savollar yuzaga kelgan bo‘lishi mumkinligi bilan qiziqdi. Qayd etilishicha, bu mahalliy mahsulotlar olib kirilishiga taqiq qo‘yilishiga sabab bo‘lgan.
Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati va melioratsiya vaziri Nurbek Murashovning xabar berishicha, suv sektorida suvning yetishmasligi ham kuzatiladi.
«Suv tanqisligi 5 yilgacha cho‘zilishi mumkin, buning natijasida suv omborlaridagi suv miqdori sezilarli darajada kamayadi», - dedi vazir.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026