Qizilmiya yetishtiruvchilariga dronlar olib kirishga ruxsat berildi

Foto: Flickr
Qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash tashkilotlari uyushmasi a'zolariga 2024 yil 1 yanvargacha bo‘lgan muddatda uchuvchisiz uchish apparatlarini olib kirishga ruxsat berildi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining qarorida aytiladi.
Kutilishicha, dronlar qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklar yetishtirish, qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklar plantatsiyalarini nazorat qilish hamda monitoringini olib borish jarayonini samarali boshqarishda yordam beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab o‘n kun muddatda Uyushma a'zolariga uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanishga ruxsat etish to‘g‘risida xulosa berilishini ta'minlaydi.
Uyushmaning qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklar plantatsiyalarini tashkil etadigan, shuningdek, qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklarni qayta ishlaydigan a'zolariga 2024 yil 1 yanvargacha bo‘lgan muddatga:
a) quyidagilardan:
yer solig‘i, daromad solig‘i, yuridik shaxslar mulk solig‘i, yagona soliq to‘lovi, yagona yer solig‘i to‘lashdan;
o‘zlarining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun respublikada ishlab chiqarilmaydigan va olib kelinadigan texnologik uskunalar, maxsus qishloq xo‘jaligi texnikalari, ularning butlovchi va ehtiyot qismlari, xomashyolar, materiallar, shu jumladan qurilish materiallari, qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklar urug‘lari va ko‘chatlari, shuningdek, uchuvchisiz uchish apparatlari uchun bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlaridan tashqari) ozod qilish;
b) plantatsiyalar tashkil etish uchun ekish materiallarini (urug‘, qalamchalar) tayyorlash (yig‘ish) maqsadida ruxsatnoma olish uchun yig‘imlar to‘lovini kechiktirish tarzida imtiyozlar berildi.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh migrantlar uchun Amerika fuqaroligini beradigan realiti-shou o‘tkazadi
Jahon | 20:37
-
Saida Mirziyoyeva AQSh Senati a’zolari va biznes vakillari bilan uchrashdi
O‘zbekiston | 20:35
-
Qirol Charlz III Pol Makkartnidan kambag‘alroq ekani aniqlandi
Jahon | 20:13
-
Tramp savdo bitimlarini tuzishga ulgurmagan davlatlar uchun yangi tariflarni e’lon qildi
Jahon | 20:00
Mavzuga oid

10:30 / 15.05.2025
Rossiya aeroportlari 2025 yilda dronlar tufayli 217 marta yopildi

11:57 / 08.05.2025
Rossiyada havo qatnovidagi kollaps 60 ming kishiga ta’sir qildi

14:51 / 07.05.2025
Moskva aeroportlarida kollaps: dronlar hujumi tufayli aviakompaniyalar o‘nlab reyslarni kechiktirdi va bekor qildi

08:51 / 06.05.2025