Angliya Premer-ligasining 27-turidagi «Bernli»–«Tottenhem» uçraşuvi vaqtida maydon çetidagi elektron şitlar orqali Özbekistonga sayohat qilişga undovçi reklama e'loni namoyiş qilindi.

Reklama matnida «Life is too short not to visit Uzbekistan» deyilgan bölib, jumla «Hayot juda qisqa, Özbekistonga kelişga ulgurib qoling» ma'nosini anglatadi. E'londa, şuningdek, 64 davlat fuqarolari uçun Özbekistonga kiriş vizasi talab etilmasligi tarğib qilindi.

Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasidan Kun.uz’ga ma'lum qilişlariça, qömita vakillari APLning ikkita öyinida LED-ekranlarda Özbekiston haqida reklama namoyiş qiliş uçun «Lagardere sport» kompaniyasi bilan muzokaralar ötkazişgan. Natijada 23 fevral kungi «Bernli»-«Tottenhem» (2:1) va «Lester»-«Kristal Pelas» öyinlari vaqtidagi reklama kampaniyasi böyiça kelişuvga erişilgan. Lester şahridagi öyin Toşkent vaqti bilan soat 22:30da boşlanadi.

Ma'lumot uçun, Özbekistonda 2019 yilning 1 fevralidan boşlab jami 64ta davlat fuqarolari uçun vizasiz rejim amalga kirdi. Prezidentning 5 yanvardagi «Özbekistonda turizmni tezkor rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi farmoni bilan 30 kungaça bölgan muddatga vizasiz kiriş tartibi joriy etilgan mamlakatlar soni 19tadan 64taga yetdi.
Şu bilan birga, 1 fevraldan fuqarolari elektron kiriş vizalarini oliş huquqiga ega mamlakatlar röyxatiga 76 davlat qöşildi. Özbekistonda, şuningdek, 51ta mamlakat fuqarolari uçun sayyohlik vizalarini olişning soddalaştirilgan tartibi amal qila boşlagan. 15 martdan e'tiboran esa amal qiliş muddati 30 kun bölgan ikki martalik va köp martalik elektron kiriş vizalari joriy etiladi.
















