Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kim Chen In Tramp bilan uchrashuvdan oldin Vetnam prezidenti bilan uchrashadi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In AQSh prezidenti Donald Tramp bilan 27-28 fevral kunlari Xanoyda bo‘lib o‘tadigan ikkinchi uchrashuvi arafasida Vetnam prezidenti Nguyen Fu Chong bilan uchrashadi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi ma'lum qildi.
Kim Chen In 23 fevralda Tramp bilan uchrashuvga Pxenyandan zirhli poyezdda jo‘nab ketdi. Taxminlarga ko‘ra, poyezd Xitoy orqali 4,5 ming kmdan ko‘proq yo‘l bosib o‘tadi. Shimoliy Koreya yetakchisi Vetnamning Xitoy bilan chegaradosh Langshon viloyatidagi Dong Dang shahriga 26 fevralda yetib kelishi kutilmoqda.
Tramp va Kim Chen In o‘rtasidagi ilk uchrashuv 2018 yil 12 iyunda Singapurda bo‘lib o‘tgandi.
Mavzuga oid
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
08:55 / 26.03.2026
Lukashenko ilk bor KXDRga tashrif buyurdi
23:21 / 24.03.2026
KXDR Konstitutsiyasi o‘zgartirildi – uning nomidan «sotsialistik» so‘zi olib tashlandi
12:45 / 23.03.2026