Vetnamning sobiq axborot vazirlari Nguyen Bak Son va Çiong Min Tuan davlat sarmoyalarini tegişli ravişda işlatmaganlik gumoni bilan hibsga olindi. Mamlakat boş prokuraturasi ularni “davlat investitsiya mablağlarini boşqariş va qöllaş qoidalarini buzganlik uçun” javobgarlikka tortiş qarorini çiqargan. Sobiq amaldorlar 20 yillik qamoq jazosi olişlari mumkin.

Nguyen Bak Son 2011 yildan 2016 yilgaça, Çiong Min Tuan esa 2016-2018 yillar vazirlikka rahbarlik qilgan. Tuan davlat mobil operatori Mobifone bilan boğliq qoidabuzarliklar uçun lavozimidan böşatilgan.

Vetnamda korrupsiyaga qarşi katta kölamli kuraş olib borilmoqda. Oxirgi yillarda bir qator yuqori lavozimli mansabdor şaxslarga nisbatan sud taftişlari boşlangan.