Kaliforniyalik Kreyg Koli 1978 yilda sodir etilgan qotillikda aybsiz deb topilgandan keyin Kaliforniya hukumatidan 21 mln dollar oladigan böldi. Ayol va uning 4 yoşli farzandining qotilligida ayblangan Koli umrining 39 yilini qamoqda ötkazgan. 

Ayblovning boş guvohi qurbonlarning qöşnisi bölgan. U bir erkakning avtomobili qöşnisi uyi oldida töxtaganini ta'kidlagan. Boşqa qöşni esa qotillik qurbonlari uyidan şovqin ovozlarini eşitganini tasdiqlagan.

Koli 2017 yil noyabrda ozodlikka çiqqanda 70 yoşda bölgan. Hukumatning bayonotiga köra, himoya erkakning aybsizligini isbotlovçi dalillarni aniqlagan. Öldirilgan ayolning uyidagi çoyşabida boşqa bir erkakning terisi qoldiqlari va boşqa izlar topilgan. Kolining DNKsi ölgan bolaning kiyimida ham aniqlanmagan. Bundan taşqari, tergovçilar işni qayta oçib, boş guvoh öz uyidan avtomobilda kim ötirganini köra olmasligini örnatişgan.

ABC News naşrining yozişiça, ştat gubernatori Jyerri Braun Koliga 2 mln dollar tovon puli tölab berişga rozi bölgan. Naşrning yozişiça, hukumat erkakka 21 mln dollardan 4,9 millionini tölab beradi, qolgan summa boşqa manbalar, jumladan suğurta tölovlari hisobiga qoplanadi.