Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan uçraşgani Vetnam poytaxti Xanoyga zirhli poyezdda jönadi. Xabarda aytilişiça, poyezd 23 fevral kuni Pxenyandagi stansiyadan qözğalgan. Kim Çen Inga safarida yuqori lavozimdagi mansabdor şaxslar va singlisi Kim Yo Çen hamrohlik qilmoqda.
Janubiy Koreyaning “Ryonxap” axborot agentligining xabar qilişiça, Kim Çen In va Tramp örtasidagi ikkinçi uçraşuv haqida şimoliy koreyaliklarga endigina xabar berilgan. Poyezd manzilgaça 4,5 ming kmga yaqin yöl bosib ötişi kerak.
Oynalari qoraytirilgan zirhli poyezd Şimoliy Koreya yetakçilarining an'anaviy harakatlaniş vositasi hisoblanadi. Rasmiy safarlar uçun Kim Çen Innikiga öxşaş poyezdlardan uning bobosi va otasi – Abadiy prezident Kim Ir Sen va Buyuk rahbar Kim Çen Ir ham foydalangan.
Şimoliy Koreyaning amaldagi yetakçisining poyezdi qanday körinişda ekanligi quyidagi fotojamlanmada keltirilgan.

















