Navoiy shahrida velopatrul xizmati tashkil etildi
Navoiy shahrida hokimlik, prokuratura va ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi hamkorligida velopatrul xizmati tashkil etildi.
Shu munosabat bilan 24 fevral kuni velopatrullik xizmatini olib boradigan ichki ishlar xodimlariga 30 dona maxsus jihozlangan migalkali velosiped, jilet, fonar va boshqa zarur vositalar topshirildi.
«Ayni vaqtda Navoiy shahrida «Xavfsiz shahar» konsepsiyasi asosida ko‘chalar, jamoat joylari, ko‘ngilochar maskanlar va ular atrofida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda jamaoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta'minlash, turli huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida 3-bosqichli (8 soatdan) patrullik xizmati olib borilmoqda. 13ta avtopatrul, 54ta piyoda patrul xizmatlari tashkil etilgan. Endilikda velopatrul xizmati ham shaharda xavfsizlikni ta'minlash yuzasidan xizmat olib boradi», – deydi Navoiy shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Farhod Siddiqov.
Shu kuni ichki ishlar xodimlariga yo‘riqnoma asosida tegishli ko‘rsatmalar berildi va shahar bo‘ylab velopatrul xizmati o‘z faoliyatini boshladi.
Mavzuga oid
09:52 / 11.09.2024
Ayol kishining suratlarini internetga qo‘yib intim xizmatlar taklif qilgan shaxs ushlandi
15:13 / 09.09.2024
Navoiyda ikki o‘quvchining umriga zomin bo‘lgan haydovchi 5 yilga qamaldi
16:47 / 07.08.2024
Navoiyda aliment to‘lashdan qochib yurgan ota choyxonadan topildi
15:47 / 23.07.2024