Professional futbol ligasi boş direktori Omon Ğafurov Özbekistonning 5 karra çempioni, ötgan mavsumda törtinçi örinni qölga kiritgan «Bunyodkor» futbol klubiga yangi mavsum uçun qur'a taşlaş marosimiga taklifnoma sifatida xat jönatilmagani haqida tarqalgan xabarni rad etdi.
PFL boş direktori Kun.uz muxbiri savollariga javob berdi.
— «Bunyodkor»ga xat yetkazilmagani haqidagi ma'lumot haqiqatga töğri kelmaydi. «Bunyodkor» yonimizda, ularga qur'a taşlaş marosimi haqidagi xat qoğozda yetkazilgan. Töğri, uzoq viloyatlardagi jamoalarga xatlar elektron poçta orqali jönatilgan. Lekin poytaxtdagi klublarga, jumladan «Bunyodkor»ga ham uning qoğozdagi nusxasi yetkazib berilgan.
— Ertaga yangi mavsumga qur'a taşlaş marosimi aniq ötkaziladimi?
— Ha, ötkazilişi aniq.
— Unda «Bunyodkor» ham aniq iştirok etadimi?
— Biz yangi mavsumda iştirok etadigan klublarning barça hujjatlarini ÖFA komissiyasiga topşirganmiz. Ular örganişyapti. Ertaga qur'a taşlaş marosimidan avval ÖFA komissiyasining yangi mavsumda iştirok etadigan klublar borasida yakuniy xulosasi qabul qilinadi. Öşanda yangi mavsumda qatnaşiş uçun qöyilgan barça 12 klubning nomi e'lon qilinadi va qur'ada iştirok etişga qöyiladi.
Bundan avvalroq Özbekistondagi sport naşrlarida 25 fevral kuni PFL Superligasining yangi mavsumiga qur'a taşlanişi, bu haqda Superliga va Pro Liganing ötgan yilgi yakunlari böyiça yangi mavsumda öynaş huquqini qölga kiritgan 11ta klubga - «Paxtakor», «Nasaf», «Metallurg», «Navbahor», «Söğdiyona», «Qöqon-1912», «Buxoro», «Lokomotiv», «Andijon», OGMK va «Qizilqum» klublariga ogohlantiriş xatlari yuborilgani, lekin «Bunyodkor»ga bunday xat jönatilmagani töğrisida xabar berilgandi.
Xabarda yangi mavsumda «Bunyodkor» örniga Pro Liganing ötgan mavsumida A guruhida törtinçi örinni egallagan «Surxon» klubi egallaşi mumkinligi qöşimça qilingandi.












