Bugun, 24 fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universitetida “ROBO CODERS 2019” respublika tanlovining final bosqiçi bölib ötdi.

Tanlov iştirokçilari uçta yoş toifalari böyiça taqsimlandi: 15-20 yoşgaça, 21-25 yoşgaça va 26-30 yoşgaça. Tanlovda iştirok etiş uçun yagona talab – avtomatlaştirilgan maşinalar uçun kodlarni yoziş qobiliyati böldi.
4 fevraldan boşlab butun respublikadan tanlovda 415 nafar yoş dasturçi iştirok etdi va ulardan 50 nafari final bosqiçiga ötdi.

“Tanlovning yakuniy bosqiçi birinçi bosqiçdan topşiriqlarning murakkablik darajasi bilan farqlanadi, - deydi Mirzo Ulugbek Innovation Centre direktorining birinçi örinbosari Orifjon Fayziyev. – Iştirokçilarga mantiqiy hisoblaş va algoritmlardan taşkil topgan robototexnikaga oid topşiriqlar berildi. Tizim töğri javoblarni, algoritmlarning yagonaligini hamda topşiriqlar yeçimi uçun sarflangan vaqtni avtomatik ravişda hisobladi. Bu ğoliblarni aniqlaş jarayoniga inson faktori ta'sirini bartaraf etdi”.

Har bir iştirokçi berilgan topşiriğiga muvofiq robototexnika (harakatlar, belgilangan funksiyalar va h.k.) prinsiplariga asoslangan özining dasturiy kodini yaratdi.
Tanlov dasturi 9 ta sovrinli örin va bir neçta rağbatlantiruvçi nominatsiyalarni öz içiga oldi.
Tört soatlik uzluksiz dasturlaş böyiça bellaşuv natijasida tizim ğoliblarni aniqladi.
Birinçi örinlarni Saidjalol Hasanov (26-30 yoş toifasida), Sirojiddin Abdukarimov (21-25 yoş toifasida), Nazarbek Boltabayev (16-20 yoş toifasida) egalladi.
Ikkinçi örin Sunatullo Hojiyev, Murodjon Davronov va Jamşid Qodirovga nasib etdi.
Uçinçi örinni Nodirbek Sa'dullayev, Xurşid Jörayev, Asadullo Ğaniyev egalladi.
Eng sodda algoritm rağbatlantiruvçi nominatsiyasida Xudoyşukur Egamov, Xojamurod Murtozakulov, Isfandiyor Ismoilov ğolib deb topildi. Yuldoşboy Sultonov, Islom Iskandarov, Alişer Razzoqberdiyev eng mohir dasturçi nominatsiyasida yutuqni qölga kiritdi.

















