Light | 11:11 / 25.02.2019
38280
2 daqiqa o‘qiladi

Tuzning yangi xavfi ma'lum qilindi

Foto: J. PfeifferArco Images, Globallookpress

Myunxen universiteti (Germaniya) olimlari aniqlashicha, inson organizmida osh tuzining cho‘kindisi allergik reaksiyalar rivojiga olib keladi. Bu haqda MedicalXpress xabar bermoqda.

Mutaxassislar atopik dermatit - surunkali allergik kasallik bilan og‘rigan bemorlarning teri namunalarini tahlil qilishdi. Ma'lum bo‘lishicha, terining tegishli qismlarida natriy darajasi normadan 30 barobar yuqori ekan.

Tadqiqotchilarning aniqlashicha, natriy xloridi Th2-hujayralarni interleykin-4 (IL-4) va interleykin-13 (IL-13) oqsillarini yuqori miqdorda ishlab chiqishga majburlaydi. Natijada, atopik dermatitni o‘z ichiga olgan teri yallig‘lanishi kasalliklari rivojlanadi.

Th2-hujayralari CD4+ xelper T-hujayralarning subpopulyatsiyasi sanaladi. Agar sodda T-hujayra, ya'ni, antigen bilan aloqada bo‘lmagan hujayra V-limfotsitlar orqali faollashtirilsa, unda u Th2’ga aylanadi va antijismlar hamda yallig‘lanish reaksiyalarida ishtirok etuvchi tsitokinlarni katta miqdorda ishlab chiqara boshlaydi. Ko‘rsatilishicha, yuqori tuz konsentratsiyasida T-hujayralar Th2’ga qayta aylanadi.

Mavzuga oid