Xotin-qizlar qo‘mitasi Xitoyda tahqirlangan ayolni Vataniga qaytardi
Fevral oyining boshida ijtimoiy tarmoqlarda Xitoy xalq respublikasi fuqarosiga turmushga chiqqan hamda yashash uchun ushbu davlatga ko‘chib ketgan qizning faryodi aks etgan video tarqaldi.
Ayol turmush o‘rtog‘i tomonidan tahqirlanayotgani va unga yordam ko‘rsatishlarini iltimos qilib videomurojaat yo‘llagan. Mazkur holatdan xabar topgan O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi darhol holatni o‘rgana boshlagan.
Ma'lum bo‘lishicha, qiz asli Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidan bo‘lib, u noqonuniy ravishda o‘zbekistonlik Nargiza ismli ayol vositachiligida Xitoy fuqarosi bilan tanishib qolgan. Keyinchalik uni yoqtirib, o‘z hohish-istagi bilan turmushga chiqishga qaror qilgan. Sentabr oyida u xitoylik inson bilan O‘zbekistonda qonuniy nikohdan o‘tgan.
Dastlab yaxshi hayot kechirganini aytgan Saida, keyinchalik turmush o‘rtog‘ining bundan avval ham o‘zbek qiziga uylanganidan xabar topgan. Xitoyga ko‘chib ketgach esa u yerda ham uning norasmiy ravishda yashab yurgan turmush o‘rtog‘i borligini bilib qolgan.
Saidaning aytishicha, yigitning onasi uni o‘zbek qiziga uylanishini istagani uchun u O‘zbekistondan uylanishga qaror qilgan. Yigitni oilasi borligini bilgan Saida O‘zbekistonga qaytish istagini bildirgan. Biroq yigit onasining xohishiga qarshi chiqmaslik uchun uni qo‘yib yuborishni istamagan hamda unga turli yo‘llar bilan tazyiq o‘tkaza boshlagan.
Hodisadan xabar topgan Xotin-qizlar qo‘mitasi Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi ko‘magida qizni o‘z Vataniga qaytarishga erishdi. Hozirda qiz uyida. U bilan Qo‘mita tomonidan biriktirilgan psixologlar ishlamoqda. Qiz kollejni tugatib, diplomini ololmaganligi sababli unga kollejni tugatganligi to‘g‘risidagi diplomini olib, kasb-hunarga o‘qitib, doimiy ish bilan ta'minlash bo‘yicha amaliy ko‘mak beriladi.
Qo‘mita qiz va uning oilasini o‘z nazoratiga olgan. Qizning onasining yuragi xasta bo‘lgani sabab hech qayerda ishlamaydi, Qo‘mita uning onasini ham salomatligini tiklash maqsadida davolanish uchun order olishga ko‘maklashdi. 5 yashar ukasini bog‘chaga joylashtirish choralari ko‘rilmoqda.
Mavzuga oid
19:51 / 24.04.2023
O‘zbekiston eksportida Rossiya birinchi o‘ringa ko‘tarildi
15:51 / 24.04.2023
O‘zbekiston Xitoydan 2 mlrd dollarlik mahsulotlar sotib oldi
13:48 / 23.04.2023
Xitoyning Fransiyadagi elchisi Qrim statusi va sobiq SSSR davlatlari suverenitetini shubha ostiga oldi
11:25 / 21.04.2023