Italiya A Seriyada 25-tur öyinlari ötkazilmoqda. Musobaqa yetakçisi «Yuventus» bu turda «Bolonya» mehmoni böldi va 1:0 hisobida ğalaba qozondi. Öyindagi yagona golga Paulo Dibala mualliflik qildi.

Bu ğalabadan söng «Yuventus» turnir jadvalidagi yetakçiligini yanada mustahkamlab oldi (69 oçko) va ikkinçi örindagi «Napoli» bilan farq 16 oçkoga yetdi.

Turinliklar A Seriyaning joriy mavsumida hali biror marta mağlub bölişmagan (22 ğalaba va 3 durang).

Bu turda «Sampdoriya» «Kalyari»ni qabul qildi. Genuyadagi «Luiji Ferraris» stadionida keçgan uçraşuv maydon egalarining 1:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi. 

Öyinning 66-daqiqasida öyin boş hakami Luka Massimi mehmonlar darvozasi tomon penalti belgiladi va uni «Sampdoriya» töpurari Fabio Kvalyarella aniq ijro etdi. 

Bu ğalabadan keyin «Sampdoriya» oçkolari sonini 36taga yetkazgan va turnir jadvalida 9-öringa kötarilgan. «Kalyari» 24 oçko bilan 14-örinda joylaşgan. 

Tur doirasidagi boşqa öyinlarda «Kevo» «Jyenoa» bilan (0:0), «Sassuolo» SPAL bilan durang öynadi (1:1).

Italiya A Seriyasi
25-tur
Bolonya – Yuventus 0:1
Gol: Dibala (67).
Bolonya: Skorupski, Larangeyra, Xelander, Mbayye, Deyks, Soriano, Pulgar (Falçinelli, 85), Poli (Donsa, 78), Edera (Orsolini, 52), Sansone, Santander.
Yuventus: Perin, De Şilo, Rugani, Bonuççi, Joau Kanselu, Bentankur, Matyuidi (Pyaniç, 78), Bernardeski (Kellini, 87), Aleks Sandro (Dibala, 59), Manjukiç, Ronaldu.
Ogohlantirişlar: Pulgar (6), Bentankur (16), Sansone (74), Joau Kanselu (90).

Sampdoriya – Kalyari 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 66, penalti Kualyarella.
Sampdoriya – Audero, Kolli, Murru (Bereşinski, 80), Sala, Andersen, Prat, Saponara, Yankto, Ekdal, Defrel (Ronaldu Viyeyra, 88), Kualyarella.
Kalyari – Krano, Pizakane, Pellegrini, Çeppitelli, Padoin (Farago, 73), Ionitse, Deyola (Srna, 73), Barella, Çigarini, Doratiotto (Verde, 79), Pavoletti.