O‘zbekiston | 14:24 / 26.02.2019
14650
4 daqiqa o‘qiladi

Dubay hukumati Orolbo‘yi uchun 10,7 mln dollarlik texnika va uskunalarni beg‘araz olib beradi

Foto: tourweek.ru

Vazirlar Mahkamasining Orolbo‘yi mintaqasida ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilash, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanida boshlangan tadbirlarni yanada jadallashtirish hamda mazkur tumanni zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasi va uskunalar bilan ta'minlash bo‘yicha farmoyishi qabul qilindi.

Hujjatda qayd etilishicha:

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay Amirligi Hukumatining O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi va O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi o‘rtasida Orolbo‘yi mintaqasida ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilash maqsadida umumiy qiymati 10,7 mln AQSh dollariga teng qishloq xo‘jaligi texnikasi va uskunalarini vazirlik uchun beg‘araz olib berish tariqasida texnik ko‘mak ko‘rsatish to‘g‘risida memorandum imzolangan;

“Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi” AJ, Dubay Hukumati vakolatxonasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi o‘rtasida 2019 yil 15 fevralda umumiy qiymati 10,7 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan mahalliy qishloq xo‘jaligi texnikasi va uskunalarini Favqulodda vaziyatlar vazirligining Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasiga yetkazib berish to‘g‘risida shartnoma imzolangan hamda unga asosan qishloq xo‘jaligi texnikasi va uskunalari uchun jamiyatga 2019 yilda 5 mln AQSh dollari, 2020 yilda 3 mln AQSh dollari, 2021 yilda 2,7 mln AQSh dollari miqdorida to‘lovlar amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining “Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi” AJga bankning vaqtinchalik bo‘sh mablag‘lari va “AKA Ausfuhrkredit-Gesellschaft GmbH” (Germaniya) bankining kredit liniyasi hisobiga 2 yil muddatga 1 yillik imtiyozli davr bilan yillik foiz stavkasi 4 foizga teng 5,7 mln AQSh dollari ekvivalentida milliy valutada kredit ajratish haqidagi taklifi ma'qullandi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga “Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi” AJning O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki oldidagi to‘lov majburiyatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat kafolatini belgilangan tartibda berish vakolati berildi.

Belgilanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining jalb etilgan krediti bo‘yicha:

“Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi” AJ kreditdan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan mas'ul hisoblanadi;

kreditni qaytarish, foizlar, vositachilik to‘lovlari va boshqa xarajatlar “Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi” AJning Dubay Hukumati vakolatxonasining texnik ko‘magi doirasida va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan tushgan o‘z mablag‘lari hisobiga qoplanadi.

Qishloq xo‘jaligi texnikasi va uskunalarni ishlab chiqarish uchun zarur mablag‘larni moliyalashtirish va mahsulotlarni yetkazib berish sxemasi tasdiqlandi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga ushbu farmoyishning 1-bandida ko‘rsatilgan shartnoma asosida ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi texnikasi va uskunalarini Qoraqalpog‘iston Respublikasiga istisno tariqasida bepul yetkazib berish tavsiya etildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid