“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida tez tibbiy yordam maşinalari harakati uçun qöşimça yöl ajratiş haqida petitsiya paydo böldi.
Bildirilişiça, mamlakat aholisi soni, mutanosib ravişda avtomobillar soni ham ortib bormoqda. Bu esa şaharlardagi ayrim yöllarda tez-tez tirbandlikni vujudga keltirib çiqaradi. Ayniqsa, qatnov köp böladigan çorraha, köçalar kesişmasi, ötkaziş punktlarida tirbandlik bir neça yuz metrdan oşib, şoşilinç harakatlanayotgan tez tibbiy yordam maşinalariga tösqinlik qiladi.
“Şu tufayli tez tibbiy yordam maşinalari foydalanişi uçun alohida yöl ajratişni taklif qilaman. Sababi tez tibbiy yordam maşinasi olib ketayotgan bemor uçun har bir daqiqa muhim hisoblanadi. Jahon tajribasiga murojaat qilsak Yaponiya va Kanada kabi davlatlarda tez tibbiy yordam maşinalari uçun alohida yöl tizimi taşkil etilgan. Biz uçun butun boşli yöl emas, faqat zarur bölgan joylarda qöşimça ötiş yölagi taşkil etilsa, yetarli”, - deb yozadi petitsiya muallifi.
Qayd etilişiça, ğoyani amalga oşiriş uçun avtomobil qatnovi köp bölgan asosiy yöllardagi çorrahalarda ma'lum uzunlikdagi (150-200 m) qöşimça yöllar taşkil qilinişi talab etiladi.
U yöldan faqat tez tibbiy yordam maşinalari (yoki favqulodda harakatlanuvçi maşinalar)ning harakatlanişiga ruxsat etiladi. Bu yöl orqali har qanday tirbandlikdan osongina ötib ketiş imkoni paydo böladi, deyiladi murojaatda.
Eslatib ötamiz, avvalroq respublika bolalar autizmi reabilitatsiya markazini taşkil etiş haqida petitsiya paydo bölgandi.












