26 fevral kuni Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan bilan telefon orqali muloqoti bölib ötdi.
Prezident matbuot xizmati xabariga köra, suhbat avvalida davlat rahbari Turkiya prezidentini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, eng ezgu tilaklarini bildirdi.
Davlat rahbarlari Özbekiston bilan Turkiya örtasidagi döstlik, strategik şeriklik va özaro manfaatli hamkorlik munosabatlari tobora mustahkamlanib borayotganini alohida mamnuniyat bilan qayd etdilar.
Özaro savdo hajmi yuqori sur'at bilan ortmoqda: 2018 yil yakunlariga köra tovar ayirboşlaş 40 foizga oşdi. Turkiyaning yetakçi kompaniyalari iştirokida investitsiya va innovatsiyalar, energetika, qişloq xöjaligi, infratuzilmani modernizatsiya qiliş, turizm va boşqa sohalarda yirik qöşma loyihalar amalga oşirilmoqda.
Bugungi kunda Özbekistonda Turkiya investitsiyalari iştirokida 655 qöşma korxona faoliyat yuritmoqda, şundan 270 tasi ötgan yili taşkil etildi.
Madaniy-gumanitar almaşinuv kengayib bormoqda, turizm sohasidagi hamkorlik faol rivojlanmoqda. Keyingi bir yilda mamlakatga taşrif buyurgan turkiyalik sayyohlar soni 2 barobar köpaydi.
Davlat rahbarlari siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy, madaniy-gumanitar va boşqa sohalarda oliy darajada erişilgan kelişuvlarni keng miqyosda amalga oşiriş muhimligini qayd etdilar.
Muloqot söngida prezidentlar Özbekiston bilan Turkiya örtasidagi strategik şeriklikni yanada mustahkamlaş va köp qirrali hamkorlikni kengaytirişga har tomonlama kömaklaşişga tayyorligini yana bir bor tasdiqladilar, deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Mirziyoyev Berdimuhamedov bilan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining bölajak uçraşuvini muhokama qilgandi.












