AQŞ prezidenti Donald Tramp tvitterda rejissyor Spayk Lining “Oskar” taqdimotidagi nutqini tanqid qildi.

Spayk Li suratga olgan “Qora klançi” filmi eng yaxşi adaptatsiya qilingan ssenariy uçun “Oskar” oldi. Film bölgan voqealar asosida olingan bölib, unda 1970-yillarda “Ku-kluks-klan” taşkilotiga yaşirinça qöşilib, uning safiga yahudiy hamkasbini jönatgan afroamerikalik politsiyaçi haqida sözlangan. 

Spayk Li mukofotni oliş vaqtida nutqini bir neçta ğijimlangan varaqlardan öqib bergan va unda AQŞ tarixidagi quldorlik davriga murojaat qilib, öz bobo-buvisini hamda “genotsidga qaramay, bu mamlakatni qurişga yordam bergan ajdodlarini” esga olgan.   

“2020 yilgi prezident saylovlariga ozgina vaqt qoldi. Keling birlaşaylik! Muhabbat va nafrat örtasida tanlov qiling. Keling töğri yöl tutaylik!”, deb çorlagan rejissyor zalda yiğilganlarni va “Nimani nazarda tutayotganimni tuşunmoqdasiz”, deb qöşimça qilgan. U öz nutqida Donald Tramp ismini tilga olmagan.

“Agar Spayk Li afroamerikaliklarga istalgan prezidentdan köproq iş qilgan prezidentga öz irqiy zarbasini berayotganda öz yozuvlarini öqib bera olganda yoki undan ham yaxşisi, bu yozuvlardan umuman foydalanmaganda yaxşiroq bölardi”, deb yozgan Tramp. AQŞ prezidenti sud tizimi islohotlari, işsizlikning tarixiy eng past körsatkiçlari, soliqlar qisqarişi haqida gapirayotganini ta'kidlab ötgan. 

The Washington Times naşrining yozişiça, Tramp prezidentligi vaqtida lotin amerikaliklar va afroamerikaliklar mavqei yaxşilanganini bir neça marotaba takrorlab ötgan. Naşrning yozişiça, AQŞ aholini röyxatga oliş byurosi rasmiy statistikasiga köra, vaziyat haqiqatan ham şunday. 

Biroq Trampni tanqid qiluvçilarning ta'kidlaşiça, statistik ma'lumotlarni baholaşning turli usullari mavjud va Tramp aytayotgani köproq lotin amerikaliklarga taalluqli bölib, boz ustiga ularning turmuş tarzi Tramp prezident bölişidan oldin ösa boşlagan.